Jumladan, shu yilning 18-oktyabr (yakshanba) kuni Navoiy viloyatining Uchquduq tumani markaziy bozorida oziq-ovqat mahsulotlarining qimmat narxlarda sotilayotganligi qayd etilgan.
Tuman hokimligi va sektor rahbarlari tomonidan koʻrilgan chora tadbirlardan soʻng bozorda mahsulotlar narxining pasayganligi kuzatilmoqda.
Bugun Uchquduq Markaziy dehqon bozorida goʻsht 55 ming soʻm, mahalliy un (1 kg) 4600-5000 soʻm, oʻsimlik (paxta) yogʻi 6500 soʻm, shakar (1 kg) 7500 soʻmgacha boʻlgan narxlarda sotilmoqda.