O'zbekiston 2022-yilning yanvar-iyun oylarida xorijiy davlatlarga qiymati qariyb 5,8 million dollarga teng 5,7 ming tonna o'rik eksport qilgan.

Bu haqida Davlat statistika qo'mitasi xabar bermoqda.

O'rik eksporti o'tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 3,1 ming tonnaga kamaygan.

2022-yilning 6 oyida O'zbekiston eng ko'p o'rik eksport qilgan davlatlar:

—   Rossiya – 3,7 ming tonna

—  Qozog'iston – 1,3 ming tonna

—   Qirg'iz R. – 707 tonnani tashkil etmoqda.

2022-yilning 6 oyida xorijga eng ko'p o'rik eksport qilgan hududlar esa:

—   Farg'ona viloyati – 2,9 ming tonna

—   Xorazm viloyati – 831 tonna

—   Toshkent viloyati – 393 tonna.