Boysun tuman Ekologiya  bo‘limiga kelib  tushgan tezkor xabarlarga asosan Boysun davlat o‘rmon xo‘jaligi ”Xomkon”  bo‘limi o‘rganilganda mazkur bo‘lim xodimlarining o‘z ishiga sovuqqon munosabatda bo‘lganligi ortidan 4 tup o‘suvchanligini yo‘qotmagan “Zarafshon” archasi tag qismidan kesilganligi, shuningdek,  43 tup archa daraxtlarining yon shoxlari kesilib, shikastlantirilganligi aniqlandi. 

Mazkur holat yuzasidan “Xomkon” o‘rmon bo‘limi xodimlarining har biriga nisbatan O‘zbekistonr Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 95-moddasi 1-qismiga binoan ma’muriy jarima qo‘llanilib, tabiatga yetkazilgan 21 million 583 ming so‘m zararni qoplash belgilandi.