Oʻrmon yongʻinlari iskanjasida qolgan Gretsiyaning Rodos orolidan 30 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi. Ular orasida sayyohlar ham bor. Gretsiyaning iqlim inqirozi vaziri Vasilis Kikilias buni “mamlakat tarixidagi eng yirik evakuatsiya” deb atadi.

Yakshanbaga oʻtar kechasi yongʻin Rodos markazidagi Laerma qishlogʻiga yetib bordi. Bir necha uy va mahalliy cherkov yonib ketdi. Hammasi boʻlib yongʻin hududi 9 kilometrga choʻzilgan.

Oltinchi kundirki, orolda yuzlab oʻt oʻchiruvchilar yongʻin bilan kurashmoqda. Faqat oxirgi 24 soat ichida ular 46 ta yangi alangani aniqladilar. Ularning ishi shamol va rekord issiqlik bilan murakkablashadi: sinoptiklar Rodosdagi havo harorati 44 ° C ga yetishi mumkinligi haqida ogohlantirmoqda.

Yongʻinlarni oʻchirish uchun yana kamida bir necha kun kerak boʻladi, deydi rasmiylar. Greklarga Fransiya, Italiya, Isroil va Kiprdan kelgan oʻt oʻchiruvchilar yordam bermoqda. Jarayonga samolyotlar va vertolyotlar jalb qilingan.