“Bu hafta yuz bergan oʻrmon yongʻinlari oqibatida tutun Yakutiyadan uch ming kilometrdan uzoqqa qadar tarqalib, Shimoliy qutbgacha yetib bordi. Bu hali tarixda kuzatilmagan ilk holatdir”, deyiladi xabarda.

Yakutiyada uch oydan buyon oʻrmon yongʻinlari yuz berib turibdi. Sinoptiklarning bashorat qilishicha, mintaqada yaqin orada yogʻingarchilik kutilmaydi. Mintaqada 3 million 355 ming gektarni qamrab olgan 155 ta oʻrmon yongʻinlari qayd etildi.