Orolboʻyi mintaqasini tadqiq qilish boʻyicha Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma laboratoriyasi tashkil yetiladi

    Orolboʻyi mintaqasida yashil texnologiyalarni tadqiq qilish, ishlab chiqish va namoyish etish boʻyicha Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma laboratoriyasi tashkil yetiladi. Bu haqda Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi axborot xizmati maʼlum qildi.

    Ekologiya sohasidagi tadqiqotlar va innovatsiyalarni chuqurlashtirish maqsadida Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi delegatsiyasi Xitoy Xalq Respublikasining Shinjon-Uygʻur avtonom rayonida boʻldi.

    Safar doirasida Xitoy Xalq Respublikasi Fanlar Akademiyasining Shinjon Ekologiya va Geografiya instituti Bosh direktori, professor Chjan Yuanming va Orolboʻyi xalqaro innovatsiya markazi direktori Б.Хабибуллаев tomonidan «Orolboʻyi mintaqasida yashil texnologiyalarni tadqiq qilish, ishlab chiqish va namoyish etish boʻyicha qoʻshma laboratoriya» tashkil yetish toʻgʻrisidagi shartnoma imzolandi.

    Laboratoriya Orolboʻyida iqlim oʻzgarishiga qarshi kurash, ekologik tiklanish, suv resurslarini boshqarish va qishloq xoʻjaligi mahsuldorligini oshirish va boshqa yoʻnalishlarda ilmiy almashinuv va innovatsion hamkorlikka xizmat qiladi.

    Ushbu laboratoriyadan Xitoy va Markaziy Osiyo mamlakatlari tajribasi va texnologiyalaridan ekologik tiklanish, qishloq xoʻjaligida suvni tejashda yuqori samaradorlik, oziq-ovqat xavfsizligi, suv resurslaridan barqaror foydalanish va bioxilma-xillikni saqlash kabi muhim sohalarda foydalaniladi.

    Qoʻshma laboratoriyaning tashkil yetilishi Orolboʻyi mintaqasini barqaror rivojlantirish va mintaqadagi dolzarb ekologik muammolarni hal yetish yoʻlidagi muhim qadamdir.