Tuman hokimi bu manzilda Toshkent shahridagi istirohat bog'laridan kam bo'lmagan dam olish va attraktsionlarga ega bo'lgan bog' yaratilishi lozimligini ta'kidladi.
Shuningdek, aholining erkin ravishda foydalanishi uchun bepul WiFi hududi bo'lishi, bog' o'rtasida rang-barang toblanuvchi favvoraning mavj urib turishi, bolajonlar uchun ko'ngilochar attraktsionlar o'rnatilishi to'g'risida aytib o'tdi.
Bundan tashqari, istirohat bog'i o'rtasidan kichik hiyobon suvi oqib o'tishi rejalashtirilmoqda. Muzqaymoq savdo shoxobchalari quriladi.
Ishlab chiqilayotgan loyihada istirohat bog'ining atrofida piyodalar va velosiped haydovchilari uchun salomatlik yo'laklari barpo qilinishi ko'zda tutilmoqda.
I.Qosimov shu bilan birga bog' ichida fuqarolar uchun tennis maydonchasi ham o'rnatilishi lozimligi to'g'risida loyihaga qo'shimcha kiritdi.
O'rta Chirchiq tumani markazi Uyg'ur mahallasida barpo etilishi ko'zda tutilayotgan bolalar istirohat bog'i 2023 yilning yakuniga qadar qurib bitkazilishi rejalashtirilmoqda. 2023 yil birinchi chorak yakuni bilan, piyodalar va velosiped yo'lagi tashkil etiladi, deb xabar beradi Toshkent viloyati hokimligi Axborot xizmati.