O'rta yer dengizi tubida arxeologlar sun'iy yo'ldosh tasvirlari yordamida Xorvatiyaning janubiy qirg'og'ida dengiz loyi qatlamlari ostida qolib ketgan yetti ming yillik yo'l qoldiqlarini topishdi.

Qayd etilishicha, neolit ​​davrida suv ostida qolib ketgan Stoline manzilgohidan topilgan ushbu ajoyib topilma bir vaqtlar Xvar madaniyatining qadimiy manzilgohini Korchula oroli bilan bog'lagan bo'lishi mumkin.

Mazkur qadimiy yo'l ming yillar davomida kuchli to'lqinlardan himoyalangan. eni taxminan to'rt metr bo'lgan o'tish joyi tosh plitalardan qurilgan.

Tadqiqotchilarning fikricha, bir vaqtlar Sharqiy Adriatikada mavjud bo'lgan neolit ​​davridagi Xvar madaniyati vakillari hozirda suv ostida qolgan Soline aholi punkti va orollarni bog'lagan qadimiy o'tish joyini qurgan, deb xabar beradi korrespondent.net.