Oʻrta koridor orqali Yevropaga birinchi konteyner poyezdini yuborildi

    Transport 19 Dekabr 2022 3826

    Shu yilning 16-dekabr kuni “OKMK” AJ yuklari ortilgan birinchi konteyner blok poyezdi Bolgariyaning Burgas portiga yuborildi.

    Ushbu yuk poyezdi mis konsentratidan iborat 46 ta vagon va 91 dona 20-futlik konteynerdan tashkil topgan. Konteyner poyezdi “Oʻzbekiston - Turkmaniston - Ozarbayjon - Gruziya - Bolgariya/ Yevropa” yoʻnalishi boʻylab 4000 km dan ortiq masofani bosib oʻtadi.

    Ushbu poyezd xorijiy hamkorlar Turkmanistondan - “TLST” OAJ, Ozarbayjondan - ADY Container LLC va Gruziyadan - GR Logistics and Terminals yordamida amalga oshirildi.