Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

“S.B.” MCHJga qarashli gʻisht ishlab chiqarish zavodida oʻtkazilgan oʻrganishda MCHJ rahbari X.R. tijorat maqsadida elektr hisoblagichdan tashqari umumiy foydalanishdagi elektr tarmogʻiga toʻgʻridan-toʻgʻri ulanib, jami 132,9 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (oʻgʻrilik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.