Shuning uchun koʻpchilik dorixonalardan vitaminlar majmuasini koʻplab xarid qilish va tartibsiz isteʼmol qila boshlaganlar. Lekin shuni unutmasligimiz kerakki, organizmdagi ortiqcha D vitamini xavfli boʻlib, u buyrakda tosh paydo boʻlishiga ham olib keladi. Bu haqda shifokor-allergolog Vladimir Bolibok Medik Forum axborot manbasida tushuntirib bergan.
Boz ustiga, mutaxassisning soʻzlariga koʻra, vitaminlar majmuasini qabul qilish koronavirusdan himoya qilmaydi. Shifokor quyosh vannalari va yogʻli baliq isteʼmol qilishni uygʻunlikda olib borish samara berishi mumkin deb taʼkidlaydi.