Tadqiqotchilar 30 ming nafarga yaqin amerikalikning tibbiy sugʻurta maʼlumotlarini tahlil qilishdi. Ularning barchasi 1960-yillarning oxiri va 1970-yillarning boshlarida tekshiruvdan oʻtkazilgan va ular haqida maʼlumotlar 2015-yil oxirigacha toʻplangan. Bu vaqt ichida 13 mingga yaqin odam vafot etdi.

Yigʻilgan maʼlumotlarning tahlili shuni koʻrsatdiki, oʻrta yoshda tana ogʻirligi indeksi qancha baland boʻlsa, hayot davomiyligi shuncha qisqa boʻlishi maʼlum boʻldi. 40 yoshida tana ogʻirligi indeksi meʼyorda boʻlgan odamlar oʻrtacha 82,3 yoshida vafot etgan. 40 yoshida semizlikdan aziyat chekkan odamlar oʻrtacha 77,7 yilgacha yashadi. Shu bilan birga, tadqiqotchilar oʻrta yoshda oʻrtacha semizlikdan aziyat chekkan odamlar taxminan ikki yil kam umr koʻrishini aniqlashdi.

Ushbu hodisaning aniq biologik sabablari hali ham nomaʼlum, ammo olimlar tana ogʻirligi indeksi yuqori boʻlgan odamlarda oʻrtacha umr koʻrishning qisqarishi koʻplab kasalliklar bilan bogʻliqligini taxmin qilishmoqda. Ortiqcha vazn va semirib ketish tanadagi toʻqimalarda yalligʻlanishni keltirib chiqaradi, tomirlarda xolesterin miqdori oshishi xavfini yuzaga keladi, yurak va boshqa muhim organlarga yuklama ortadi, deb xabar beradi mail.ru.