- Viloyatda ortiqcha vaznga ega boʻlganlar oʻrtacha 25,5 foizni tashkil etgan boʻlsa, Shaxrisabz shahri va Gʻuzor tumani (26,2 foiz), Qamashi (26,5foiz), Chiroqchi (26,8 foiz), Qarshi tumani (27,7foiz), Mirishkor (32,1foiz), Qarshi shahrida (35,4 foiz) viloyat koʻrsatkichidan yuqori ekani aniqlandi, - dedi viloyat rahbari. - Sut mahsulotlarini kam isteʼmol qiluvchilarning eng yuqori ulushi Qarshi shahri (26,8), Qamashi (29,4), Chiroqchi (30,8), Kitob (36,4), Gʻuzor (46,2) tumanlariga toʻgʻri kelgan.
Xatlov jarayonida tibbiy brigadalar tomonidan nafas aʼzolari kasalliklari, ovqat hazm qilish aʼzolari, qon aylanish tizimi kasalliklari, shundan gipertoniya kasalligi, endokrin kasalliklar, suyak-mushak tizimi aʼzolari kasalliklari, xavfli oʻsma kasalliklari nisbatan koʻp uchrayotgani aniqlandi.
Bu maʼlumotlar sogʻlom turmush tarzini targʻib qilish, aholining sport bilan shugʻullanishi, toʻgʻri ovqatlanishni tashkil etish oʻta muhim ekanligini koʻrsatdi. Bu borada Siz ziyolilar ham targʻibotchi, ham oʻrnak boʻlishlaringizga ishonamiz.