Bu, birinchi navbatda, texnikaga zarar yetkazadi. Uning tezda ishdan chiqishiga sababchi boʻladi. Buni haydovchilarga tez-tez tushuntirishga toʻgʻri kelsada, ayrimlari ogohlantirishlarga umuman eʼtibor qaratmaydi.
Ogʻir yuk avtomobilga zarar yetkazishi bilan bir qatorda yoʻl qoplamasiga ham jiddiy shikast yetkazadi. Chunki, 8 tonna yukni koʻtarishga moʻljallangan asfalt, 10-12 tonnali yuk uchun moslashmagan. Ogʻir yukdan asfalt eziladi, ustki qismi yoriladi. Yogʻingarchilik boʻlganida ana shu yoriqlardan suv oʻtib ,asfalt koʻchishiga olib keladi. Qarabsizki, oʻnqir-choʻnqir yoʻllar safi kengayib boraveradi. Aynan mana shu sababli ham belgilanganidan ortiqcha yuklarni olib yurish taqiqlangan.
Toshkent viloyati IIBB YHXB tomonidan bunday holatlarning oldini olish yuzasidan bir qator ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Jumladan, YPX inspektorlari eʼtibori bu kabi qoidabuzarliklarni aniqlashga qaratilmoqda. Natijada yuk tashish qoidalarini buzgan haydovchilarga nisbatan qonunlarda belgilangan choralar koʻrilayapti. Misol uchun, viloyat boʻyicha bir kunda 46 ta ana shunday holat aniqlandi.
Bundan tashqari, yuk tashqi oʻlchamlari ham talabga javob bermaydigan, belgilangan mezonlardan ortiqcha boʻlgan, yaʼni ortilgan yuk transport vositasining yon va orqa tomonlardan ikki-uch, ayrim hollarda undan ham uzun holatda chiqib ketgan transport vositalari haydovchilariga maʼmuriy choralar koʻrilayapti. Oʻtkazilgan reydlar davomida bu kabi qoidabuzarlikni sodir etgan 35 haydovchiga nisbatan tegishli choralar koʻrildi.
Shunday ekan, yuk tashishga bel bogʻlagan avtomobil haydovchilaridan belgilangan talablarga qatʼiy amal qilishini soʻrab qolamiz. Chunki bu yoʻllar uzoq yillar bizga xizmat qilishi kerak.
Toshkent viloyati IIBB YHXB Axborot xizmati