Barchamiz har yili 25 may sanasini orziqib kutamiz. Boisi bu sana o'zgacha shukuh, hayajon bag'ishlaydi. YOzish-chizishni, o'qishni, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, qo'yingki, barcha yaxshiliklarni maktab deya atalmish muqaddas dargohda o'rganamiz. 25 may sanasi esa maktabda o'tkazgan o'yinqaroq davrlarimiz, sho'x-shodon damlarimizni yodimizga solaveradi.
SHu sanada uzoq yillar birga o'qigan sinfdoshlarimiz bilan yo'llarimiz ayro tushadi. Hamma o'z yo'nalishini tanlaydi, komillik sari intiladi, katta hayot ostonasiga qadam tashlaydi.
O'tgan yili koronavirus pandemiyasi tufayli karantin talablariga ko'ra maktablarda “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlari o'tkazilmagan edi. Mana, kasallikning oldini olish borasidagi chora-tadbirlar tufayli kasallik ham engillamoqda. Kecha barcha joyda “So'nggi qo'ng'iroq” tadbirlari ko'tarinki ruhda bo'lib o'tdi.
Jumladan, Dang'ara tumanidagi 11-maktabda o'tkazilgan tadbirda yoshlarga katta ishonch bildirildi. Bitiruvchilar o'zlari tanlagan kasb-hunar kolleji va litseylarga ota-onasi bilan borib, u erdagi ta'lim jarayoni, yaratilgan qulaylik va sharoitlarga baho berdi. Bitiruvchilar “Kasblar festivali”, “Ochiq eshiklar kuni”da qatnashib, o'z hududidagi kasb-hunar kollejlaridagi shart-sharoitlar hamda ishlab chiqarish korxonalari, fermer xo'jaliklari, tashkilot va korxonalar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Bugungi yoshlar faqatgina ilm olish bilan chegaralanib qolmay, yurtimiz ravnaqi uchun jon kuydiradigan, fidoyi insonlar bo'lib etishmoqda.
Nurillo PIRMATOV,
Xalq deputatlari Dang'ara tumani kengashi deputati