Bu haqda AOKAda oʻtkazilgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshligʻi oʻrinbosari Nurmat Otabekov maʼlum qildi.

69 ta tekshirishlar davomida laboratoriya tahlillari uchun olingan 178 ta osh tuzi namunalaridan 58 tasi (32,5%) belgilangan meʼyorlarga javob bermasligi aniqlanib, 74,8 tonna osh tuzi qayta ishlashga qaratildi.

Aniqlangan kamchiliklar boʻyicha boʻyicha 56 nafar javobgar masʼullarga nisbatan bayonnomalar rasmiylashtirilib, hududiy sudlarga yuborildi.