Oshxona xodimlari tomonidan ikki oyda 70 million soʻmga yaqin mablagʻ talon-taroj qilingan

    Xavfsizlik 1 Dekabr 2022 1875

    Navoiy kon-metallurgiya kombinati jamgʻarmasi “Zarafshon” hududiy boshqarmasining tegishli xatiga koʻra, tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borildi.

    Zarafshon ovqatlanish kombinatining “Auminzo-Amantoy” oshxonasi, 5-sonli Gidrometallurgiya zavodi oshxonasi katta kassiri D.V.Zarshikova va “Auminzo-Amantoy” yotoqxona oshxonasi mudirasi vazifasini bajaruvchi L.Ya.Kojamberdiyevalar tomonidan 2022-yilning fevral-mart oyida kunlik savdodan tushgan jami 68 million 451 ming soʻm miqdoridagi pullar tegishli tartibda bankka topshirilmasdan oʻzlashtirish yoki rastrata qilish yoʻli bilan talon-toroj qilinganligi aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan D.V.Zarshikova va L.Ya.Kojamberdiyevalarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 167-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, jinoyat ishi ayblov xulosasi bilan sudga yuborilgan.

    Elyor Yakubov,

    Navoiy viloyati IIB NKMK IIB JQB tezkor vakil, mayor