Oʻsimlik yogʻlari hamda moyli ekinlar urugʻlarini qayta ishlashdan olingan yogʻlarni import qilishga ruxsat beriladi

    Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Moyli urugʻlarni qayta ishlovchi korxonalarning eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” qaror qabul qildi.

    Unga muvofiq, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga ularning tashkiliy-huquqiy shaklidan qatʼi nazar, oʻzlari import qilgan oʻsimlik yogʻlari hamda moyli ekinlar (paxta, kungaboqar va soya) urugʻlarini qayta ishlashdan olingan oʻsimlik yogʻlarini belgilangan miqdorlarda eksport qilishga ruxsat beriladi.

    Kungaboqar va paxta yogʻi (TIF TH kodi 1512) hamda aralash yogʻlardan (TIF TH kodi 1517 90 910 0) tashqari boshqa oʻsimlik va meva urugʻlari yogʻlarini Oʻzbekiston Respublikasi bojxona hududidan tashqariga olib chiqish (eksport qilish) boʻyicha cheklovlar bekor qilinadi.

    Mazkur qarorga asosan eksport qilinishi mumkin boʻlgan oʻsimlik yogʻi hajmini aniqlashda xoʻjalik yurituvchi subyektlar tomonidan 2024-yil 1-yanvardan boshlab import qilingan moyli ekinlar urugʻlari va oʻsimlik yogʻlari hajmlari inobatga olinadi.