Ushbu xalqaro sport musobaqasida Oʻzbekiston sharafini himoya qiladigan sportchilar va ularning murabbiylaridan iborat mamlakatimiz delegatsiyasi Kemerovo shahriga yetib keldi.
Bosh konsulxona xodimlari Oʻzbekiston delegatsiyasini Novosibirsk shahridagi “Tolmachevo” xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olishdi.
Soʻngra Oʻzbekiston delegatsiyasi aʼzolari xalqaro musobaqalar boʻlib oʻtadigan Kemerovo viloyatining Novokuznesk shahariga yoʻl olishdi.
25-fevral kuni “Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport oʻyinlarining tantanali ochilishi marosimi boʻlib oʻtadi.
Maʼlumot oʻrnida: “Osiyo bolalari” II qishki xalqaro sport oʻyinlarida Armaniston, Afgʻoniston, Belarus, Qozogʻiston, Kuvayt, Qirgʻiziston, Livan, Nepal, Tojikiston, Tailand, Turkmaniston va Oʻzbekistondan 1000 nafardan ziyod yosh sportchi ishtirok etishi rejalashtirilgan.
Xalqaro sport oʻyinlari dasturidan togʻ changʻisi, konkida uchish (short-trek), snoubord, figurali uchish va qor voleyboli singari sport turlari oʻrin olgan.