Xabaringiz bor, bugun yunon-rum kurashi bahslarining qolgan 5 ta vazn toifasida gʻolib va sovrindorlar nomi maʼlum boʻladi. Xuddi kecha boʻlganidek, bugun ham besh “klassigimiz”dan toʻrt nafari kechki dasturda medallar uchun gilamga chiqishi oydinlashdi.

Birgina -60 kg vazndagi vakilimiz Feruz Toʻxtayev ilk davrada yaponiyalik Ayata Suzukiga imkoniyatni boy (3:12) berib, Osiyo chempionatidagi ishtirokini erta yakunladi.

Final:

-97 kg: Rustam Assakalov – Mehdi Balihamzeh (Eron)

Bronza medali uchun:

-67 kg: Mahmud Baxshulloyev – Sachin Sahravat (Hindiston)

-72 kg: Mirzobek Rahmatov – Adilxan Nurlanbekov (Qirgʻiziston)

-82 kg: Muhammadqodir Rasulov – Yuya Okajima (Yaponiya)