Bu gal jamoamiz hisobiga koʻpkurashchimiz Nodir Norboyev hamda balandlikka sakrash bahsida Barnoxon Sayfullayeva oltin medallarni yozib qoʻyishdi, deya xabar beradi Milliy olimpia qoʻmitasi axborot xizamti.

Ikki kun davom etgan bellashuvlarda Nodir Norboyev 6934 ochko bilan eng yaxshi natijani qayd etdi. Ikkinchi oʻrinni Eron vakili Sina Afshinar (6417) egallagan boʻlsa, Saudiya Arabistoni vakili Sajjad Al Alxazoli (5674) kuchli uchlikni yakunlab berdi.

Barnoxon Sayfullayeva esa mamlakatimizda balandlikka sakrash dasturida kuchli maktab shakllanganini yana bir bor koʻrsatdi. 1.84 metrga sakragan hamyurtimiz eng yaqin taʼqibchilari qozogʻistonlik Alina Chistyakova hamda vyetnamlik An Bu Tini 11 smga ortda qoldirishga erishdi.