Milliy Olimpiya qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, musobaqa yakunida hamyurtlarimiz bittadan oltin, kumush va bronza medallarini qoʻlga kiritishdi.
Xususan, oʻsmirlar toifasida turnir gʻolibiga aylangan va yangi jahon rekordini oʻrnatgan Oxunjon Abduqodirovning chiqishi alohida eʼtirofga loyiq.
Shuningdek, Yaroslava Eshtayeva kumush medalga sazovor boʻldi. Oʻsmirlar oʻrtasidagi jamoaviy bahslarda esa Oxunjon Abduqodirov, Azamat Qayumov va Shohrux Sadirov bronza medalini qoʻlga kiritishdi.
Qitʼa birinchiligidagi ushbu muvaffaqiyatli ishtirok oʻzbekistonlik merganlarning tayyorgarlik darajasi yuqori ekanligini va xalqaro maydonda raqobatbardoshligini yana bir bor tasdiqladi.