Bu oʻrinda:
–proteksionizmning kuchayishiga, global bozorlarni beqaror qiladigan omillarni, jumladan, yangi cheklovlarning joriy etilishiga yoʻl qoʻymaslik;
– Osiyo qitʼasida oʻzaro bogʻliqlikni, birinchi galda, ishlab chiqarish-logistika zanjirini, Markaziy Osiyoni Janubiy va Sharqiy Osiyo, shuningdek, Yaqin Sharq bilan samarali bogʻlovchi transport yoʻlaklarini yaratish hisobiga kuchaytirish muhimligi taʼkidlandi.
–Jahon sanoat inqilobining yangi bosqichiga oʻtishning asosi boʻlgan bilimlar iqtisodiyotini ilgari surish barqaror taraqqiyotga tahdidlarning oldini olishga xizmat qiladi.
Innovatsiyalar transferi salohiyatini yanada toʻliqroq ishga solish, raqamlashtirishni faol ragʻbatlantirish, yuqori texnologiyalar, sunʼiy intellekt, Internet tizimlarini rivojlantirish maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz.
Bu yoʻnalishlarda Osiyo mamlakatlari global yetakchilikka birgalikda erishish uchun barcha imkoniyatlarga egadir, – dedi davlatimiz rahbari.