Soʼnggi kunda 8 nafar taekvondochimiz dayanga chiqdi. 

68 kg vazn toifasida Olimpiada chempioni Ulugʼbek Rashitov finalda yana bir hamyurtimiz Diyor Toʼxliboyev bilan toʼqnash keldi. Bu jang oʼtkazilmadi va Rashitov oltin, Toʼxliboev kumush medali sohibiga aylanishdi. Xuddi shu vaznda oʼzbekistonlik Najmiddin Qosimxojiyev bronza medaliga ega boʼldi. 

80 kg vazn toifasida Shuhrat Salayev yarim finalda eronlik taekvondochiga yutqazdi va bronza medalь bilan cheklandi.

Bugun shuningdek Otabek Turgʼanbekov, Doniyor Mahkamov, Sardor Toirov va Shohruh Rajabov ham musobaqada ishtirok etishdi.