Osiyo taraqqiyot banki yurtimizda bir nechta GES qurilishi uchun mablagʻ ajratadi

    “Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (497-son, 21.08.2020-yil) qabul qilindi.

    Unga koʻra:

    2019-yil 30-sentyabrda Osiyo taraqqiyot banki direktorlar kengashi tomonidan “Barqaror gidroenergetika” (“Oqsu daryosida Rabat GES kurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES kurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi”) investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun Oʻzbekiston Respublikasiga OTBning odatiy kapital manbalaridan 25 yil muddatga, shu jumladan, 5 yillik imtiyozli davr bilan 60,0 mln AQSH dollari mikdorida kredit ajratilishi maʼqullandi.

    Investitsiya loyihasining texnik-iqtisodiy asoslanuvi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 16-iyuldagi “Xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi loyihalarni tayyorlash va amalga oshirish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi xamda Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida belgilangan tartibda ekspertizadan oʻtkazilgan.

    2020-2022-yillarda amalga oshiriladigan umumiy kiymati 75,3 mln AQSH dollariga teng investitsiya loyihasinining moliyalashtirish manbalari:

    60,0 mln AQSH dollari - OTB tomonidan ajratiladigan kredit;

    5,8 mln AQSH dollari - Oʻzbekiston Respublikasining soliq va bojxona imtiyozlari koʻrinishidagi ulushi;

    9,5 mln AQSH dollari - “Oʻzbekgidroenergo” AJning oʻz mablagʻlari hisobidan qoplanadi.

    Qaror bilan shuningdek:

    Investitsiya loyihasi texnik-iqtisodiy asoslanuvining asosiy texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlari;

    Investitsiya loyihasi doirasida jalb etiladigan OTB krediti boʻyicha asosiy qarzni soʻndirish, foiz va vositachilik toʻlovlarini toʻlashning prognoz jadvali tasdiqlandi.

    “Oʻzbekgidroenergo” AJning “1-son qurilish direksiyasi” unitar korxonasi investitsiya loyihasining buyurtmachisi va ijro etuvchi tashkiloti hisoblanib, loyiha yechimlarini inshootlarning ishonchlilik va xavfsiz ekspluatatsiya qilinishiga doir talablarga muvofiqligi nuqtayi nazaridan toʻgʻri tanlash va qoʻllash, investitsiya loyihasi boʻyicha uskunalar, mahsulotlar, ishlar va xizmatlarni kuzatish va texnik nazorat hamda qabul qilib olish uchun masʼul etib belgilandi.

    Qashqadaryo viloyati hokimligi investitsiya loyihasi doirasida gidroelektrstansiyalarni va yuqori kuchlanishli elektr uzatish tarmoqlarini qurish uchun oʻz vaqtida yer uchastkalari ajratilishini taʼminlaydi.“Oqsu daryosida Rabat GES qurilishi, Oqsu daryosida Chappasuy GES qurilishi va Oqdaryo-Oqsu daryosida Tamshush GES qurilishi” investitsiya loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Hukumat qarori (497-son, 21.08.2020-yil) qabul qilindi.