Kuni kecha Transfermarkt portali Osiyoning eng qimmat o'yinchilari  ro'yxatini e'lon qildi.

Ushbu ro'yxatini janubiy koreyalik Son Hyon Min boshqarmoqda. “Tottenhem”ning 29 yoshli hujumchisining transfer bahosi 75 million evroga baholangan. 

Ikkinchi o'rinni “Arsenal” yarim himoyachisi Takexiro Tomiyasu band etgan. 23 yoshli yaponiyalik futbolchining bahosi 25 million evro. 

Uchinchi o'rindan ham yapon o'yinchisi joy olgan. “Ayntraxt”ning 25 yoshli o'yinchisi Daiti Kamadaning transfer narxi 22 million evroni tashkil etgan.

O'zbekiston milliy jamoasi hamda “Roma” hujumchisi eldor SHomurodov kuchli o'nlikni yakunlagan. Uning narxi 8 million evroni tashkil etmoqda.