U oshqozonosti bezi saratonining ogʻir shakllari va boshqa murakkab oʻsmalarga qarshi kurashishda foydalanilishi mumkin. Tadqiqot natijalari Nature Biomedical Engineering jurnalida chop etildi.
Odatda shifokorlar radioterapiyaning bir necha xil shakllaridan foydalanadilar. Gamma nurlanishidan tashqari, tezlashtirilgan zarrachalar – protonlar, neytronlar yoki ogʻirroq elementlarning yadrolariga asoslangan terapiya soʻnggi yillarda mashhur boʻldi. Ular shishlarni samarali tarzda bartaraf qiladi, ammo qoʻshni tana toʻqimalarining holatiga salbiy taʼsir qiladi. Bu katta chuqurlikda, shuningdek, suyaklarning ichida yoki ularga yaqin joyda paydo boʻladigan saraton shakllariga qarshi kurashishni murakkablashtiradi.
Tadqiqotchilar oʻsimta ichiga yuborilishi mumkin boʻlgan va beqaror yod-131 yadrolarining parchalanishi natijasida beta-nurlanish bilan barataraf etish mumkin boʻlgan radioaktiv oqsilli gel orqali bu muammoga yechim topishdi. Bu nurlanish gamma nurlari kabi tanaga chuqur kirmaydi va oʻsimtaga samarali taʼsirni taʼminlaydi.
Olimlar gelni sichqonlarda sinab koʻrishdi. Sichqonlarning tanasiga oshqozonosti bezi saratonining agressiv shakllari hujayralari joylashtirildi. Tadqiqotchilar katta oʻsmalar paydo boʻlishini kutishdi hamda ularga radioaktiv gel hamda kimyo terapiyasining shakllaridan biri – pakslitakselni oʻz ichiga olgan nanozarrachalarning birikmlarini yuborishdi.
Tajribalar shuni koʻrsatdiki, ishlanma kemiruvchilarning 80 foizida shishlarni butunlay yoʻq qildi va boshqa sichqonlarda neoplazmalar hajmini sezilarli darajada kamaytirdi. Bu koʻrsatkich anʼanaviy radioterapiya va paxlitaksel kombinatsiyasi bilan erishish mumkin boʻladigan natijadan sezilarli darajada yuqori.
“Bu saraton kasalligini davolashning eng istiqbolli turi boʻlib, biz yigirma yillik laboratoriya ishimiz davomida yarata oldik. Odatda, aksariyat hollarda oshqozonosti bezi saratonini uning rivojlanishining soʻnggi bosqichlarida davolashning iloji yoʻq. Kelajakda bizning terapiyamiz bunday bemorlarga omon qolish imkoniyatini beradi va men uni klinik foydalanishga olib kirish niyatidaman”, deydi Dyuk universiteti (AQSH) professori Ashutosh Chilkoti.