Mamlakatimiz milliy jamoasi umumjamoa hisobida 22ta medal bilan oʻz tarixida ilk bor birinchi oʻrinni egalladi. Yigitlarimiz 6ta oltin, 4ta kumush va 1ta bronza, qizlarimiz esa 3ta oltin, 3ta kumush, 5ta bronza medalini qoʻlga kiritib, Osiyoda tengsiz ekanliklarini namoyish etdi.

Chempionatda ikkinchi oʻrin qozogʻistonlik oʻsmirlarga nasib qildi. Uchinchi oʻrindan esa hindistonliklar joy oldi.