Oʻsmirlarimiz qitʼa chempionatini 7 ta medal bilan boshladi

    Sport 24 Iyun 2025 1037

    Vungtau (Vyetnam) shahrida oʻtayotgan sport kurashlari boʻyicha Osiyo chempionatida U17 yosh toifasidagi bellashuvlarga navbat berildi.

    Qayd etilishicha, ushbu yosh toifasidagi bahslar ham yunon-rum kurashi ustalarining chiqishi bilan boshlandi.

    Dastlabki kunda Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzolari 1 ta oltin, 2 ta kumush va 4 ta bronza medallariga sazovor boʻldilar.

    Oltin kumush:

    • -92 kg: Faxrikamol Komiljonov

    Kumush medal:

    • -45 kg: Farid Karomov
    • -55 kg: Sadriddin Toʻlqinboyev
    • Bronza medal:
    • -48 kg: Bunyod Hasanov
    • -51 kg: Otabek Tursunov
    • -60 kg: Humoyun Erkinov
    • -110 kg: Abduboriy Kozimjonov