Yaqinda rasman Moskvaning “Spartak” klubi oʻyinchisi, hamyurtimiz yangi mavsumni “Ximki”da oʻtkazishi mumkin degan xabar tarqalgan edi. Lekin bu masala hozircha ochiq turibdi. “Ximki” bosh murabbiyi Sergey Yuran “Sport-ekspress” muxbiri bilan suhbatda futbolchining Moskva viloyati klubiga nega oʻtmayotgani sababi haqida toʻxtaldi.
“Biz «Spartak” bilan Oʻrunovning ijarasi masalasida muzokara olib bordik. Muammo futbolchining maoshiga borib taqaldi. Chunki “Ximki”da eng yuqori maoshga cheklov oʻrnatilgan. Oʻrunov maoshining bir qismini koʻtarishga tayyormiz, qolgan qismini “Spartak” toʻlashini taklif qildik. Har holda ular uchun oʻz futbolchilarining oʻyin amaliyotiga ega ekani muhim. Ammo bu muzokaralar hozircha javobsiz turibdi», degan Sergey Yuran
22 yoshli Oston Oʻrinov “Spartak” bilan 2026-yilga qadar shartnoma imzolagan. Uning yillik maoshi 600 ming AQSH dollari etib belgilangan.