Voqea qurilayotgan turar-joy majmuasida hududida – 12 oktabr kuni tushdan keyin sodir bo'lgan. Taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, alpinistlar binoning to'qqizinchi qavatida ishlayotgan chog'ida alpinistlar uskunasining uzilib ketishi oqibatida balandlikdan yiqilib tushgan. Alpinistlarning uch nafari 1999-yilda, bir nafari esa 2002-yilda tug'ilgan. Qayd etilishicha, 24 yoshli ishchi olgan tan jarohatlari tufayli voqea joyida halok bo'lgan, deb xabar beradi tengrinews.kz.
“Ishchilarning qurilish obyektida yiqilib tushishi yuzasidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “Qurilish ishlarini bajarishda xavfsizlik qoidalarini buzish” bilan jinoyat ishi bo'yicha tergovga qadar tergov harakatlari olib borildi.
Tez tibbiy yordam brigadasi yetib kelguniga qadar bir ishchi voqea joyida halok bo'lgan, qolgan uch nafari kasalxonaga yotqizilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, — deyiladi Ostona politsiya boshqarmasi xabarida.