Shu yilning 12-oktyabr kuni tumandagi Obod mahallasida yashovchi fuqaro tuman Favqulodda vaziyatlar boʻlimiga oti ehtiyotsizlik oqibatida hovlisidagi 4 metrli chuqurlikka tushib ketganini bildirgan va uni olib chiqishda amaliy yordam soʻrab murojaat qilgan.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi axborot xizmatining xabar berishicha, boʻlim qutqaruvchilari zudlik bilan koʻrsatilgan manzilga yetib borgan va maxsus qutqaruv asbob-anjomlari hamda texnika yordamida chuqurlikdagi ot talofatlarsiz chiqarib olingan.