Alohida taʼkidlash lozim, mamlakat chempionatlari ham yuqori saviyada tashkil etilmoqda va sportchilarni saralash (seleksiya) ishlari amalga oshirilmoqda.
Poytaxtimizda joylashgan Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasiga qarashli ot sporti boʻyicha respublika oliy sport mahorati maktabi ham shunday chempionlarni tarbiyalab beruvchi maskanlardan biri hisoblanadi. Ushbu sport maktabi oʻz faoliyatini yangidan boshladi, desak mubolagʻa boʻlmaydi. Kapital taʼmirlanib foydalanishga topshirilgan sport maktabining tantanali ochilish marosimiga bagʻishlab ot sportining konkurs yoʻnalishi boʻyicha Toshkent shahar chempionati oʻtkazildi.
Unda chavandozlar balandligi 100 sm (bolalar), 110 sm va 120 sm boʻlgan toʻsiqlardan sakrash boʻyicha oʻzaro musobaqalashdi.
Musobaqa yakuniga koʻra quyidagi sportchilar shahar chempionatida sovrindorlar safidan joy oldi.
Balandligi 100 sm boʻlgan toʻsiqlardan sakrash boʻyicha (bolalar):
1. Umar Dadayev;
2. Dilshod Shokirov.
Toʻsiq balandligi 110 sm:
1. Humoyun Abdullayev;
2. Saidamir Turgʻunboyev;
3. Aʼzam Tolibov
Toʻsiq balandligi 120 sm:
1. Timur Azizov
2. Saidamir Turgʻunboyev;
3. Humoyun Abdullayev.
Jismoniy tarbiya va sport vazirligi
Matbuot xizmati