Ota qizining baxti uchun uyini sotdi

    Yillar davomida otaning topgani oʻzidan ortmagani sababli aliment toʻlovlarini toʻliq ado eta olmagan va shuning oqibatida bir necha bor javobgarlikka ham tortilgan.

    Koʻpchilik otalar aliment qarzini toʻlamaslik oqibatlarini tushunmay, farzandlarining taʼminotiga befarq yoki masʼuliyatsiz yondashadi. Ammo farzandining taqdiriga befarq boʻlmagan, burchini his etadigan otalar ham bor. Ana shunday otalardan biri bugun koʻpchilikka ibrat boʻladi.

    Sudning 2016-yildagi qaroriga asosan, K.Sh.dan undiruvchi Ya.N. foydasiga ikki nafar farzandining taʼminoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Ushbu ijro hujjati Byuroning Zarbdor tuman boʻlimiga kelib tushgan.

    Yillar davomida otaning topgani oʻzidan ortmaganligi sababli aliment toʻlovlarini toʻliq ado eta olmagan va shuning oqibatida bir necha bor javobgarlikka ham tortilgan.

    Biroq katta qizi turmushga chiqishi arafasida ekanligini eshitgach, ota befarq qololmadi. Darhol yashab turgan uyini sotib, toʻlanmagan 62 million soʻm aliment qarzini farzandining baxti uchun bir yoʻla toʻlab berdi.

    Shu oʻrinda ota qiziga baxt tilab, qizining taqdiri oʻzinikiga oʻxshamasligini soʻragan.