Joriy yil 13—19-sentyabr kunlari “O'zbekiston respublika tovar-xom ashyo birjasi” AJning barcha savdo platformalarida 1 829,0 milliard so'mlik tovarlar sotilgan bo'lib, bu avvalgi haftaga nisbatan 5,1 foizga kam. Bu haqda “O'zRTXB” AJ axborot xizmati xabar qildi.

Bunda sotuvlarning:

83,5 foizi — birja savdolari;

0,4 foizi — ko'rgazma-yarmarka savdolari;

15,7 foizi — elektron davlat xaridlari;

0,4 foizi — avtoraqamlarning onlayn-auksioniga to'g'ri keldi.

Ko'rib chiqilayotgan davr mobaynida onlayn auksion orqali 3 051 ta avtoraqamlar sotildi. Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 6,9 milliard so'mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 8,9 foizi birinchi toifadagi avtoraqamlarga, 15,1 foizi ikkinchi, 11,5 foizi uchinchi, 11,6 foizi to'rtinchi, 18,9 foizi beshinchi va 34,0 foizi oltinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.