Oʻtgan yilda Toshkent metropoliteni rekord miqdorda yoʻlovchi tashidi

    Oʻtgan yilda Toshkent metropolitenida tashilgan yoʻlovchilar miqdori 2023-yilga nisbatan 98,3 millionga (yoki 57,2 foizga) koʻp.

    Transport vazirligining maʼlum qilishicha, 2024-yilda Toshkent metropoliteni 270,3 million yoʻlovchini tashigan.

    Soʻnggi yillarda yoʻlovchilar oqimining oʻzgarishi:

    — 2020-yil – 38,8 mln
    — 2021-yil – 101,8 mln
    — 2022-yil – 136,7 mln
    — 2023-yil – 172,0 mln
    — 2024-yil – 270,3 mln

    Yoʻlovchilar oqimining keskin oʻsishi – metropolitenni rivojlantirish va modernizatsiya qilish boʻyicha amalga oshirilgan keng koʻlamli chora-tadbirlar natijasi hisoblanadi, jumladan:

    — Yangi bekatlarni ishga tushirish va metro tarmogʻini kengaytirish
    — Xizmat koʻrsatish sifati va sayohat qulayligini oshirish
    — Liniyalarning oʻtkazuvchanlik qobiliyatini oshirish
    — Harakatlanish chastotasi va harakatdagi tarkiblar sonini koʻpaytirish

    Transport vazirligi barcha fuqarolar uchun qulay, tez va xavfsiz yoʻlovchi tashishni taʼminlagan holda, jamoat transportini yanada rivojlantirish boʻyicha ishlarni davom ettiradi, — deyiladi xabarda.