Shuningdek, qarorga koʻra:
OTMda 3 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda professor-oʻqituvchilar nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarda stajirovka oʻtaydi va malaka oshiradi.
OTMda 5 yil ishlab berishni nazarda tutuvchi shartnomani rasmiylashtirgan holda oʻqituvchilar nufuzli xorijiy oliy taʼlim tashkilotlari va ilmiy muassasalarning doktorantura dasturlari asosida oʻqitish bilan bogʻliq xarajatlar amalga oshiriladi.
OTMlarning akademik mustaqilligini yana-da kengaytirish maqsadida 2021-yil 1-yanvardan boshlab:
OTMlar huzuridagi texnikumlarda oʻquv mashgʻulotlarini olib borayotgan OTM professor- oʻqituvchilarining mehnatiga soatbay haq toʻlash OTM talabalariga dars oʻtganligi uchun mehnatga soatbay haq toʻlash miqdorlarida amalga oshiriladi;
taʼlim jarayonini tashkil etishda haftalik oʻquv kunlari OTMlar tomonidan mustaqil belgilanadi;
OTMlarda tashkil etiladigan yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi raislari tegishli OTM rektori (filial direktori)ning buyrugʻi bilan tasdiqlanadi.
Shuningdek, qaror bilan OTMlarda oʻquv jarayoniga kredit-modul tizimini joriy etish tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi hamda quyidagi sxema asosida bosqichma-bosqich joriy etilishi belgilandi.