OTMlarning bakalavriatga kirish uchun testlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi

    Ta'lim 6 May 2023 2108

    Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

    Barcha uchun majburiy 3 ta fan:

    -Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) 10 ta;
    - Matematika 10 ta;
    - Oʻzbekiston tarixi 10 ta.

    30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

    Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:

    1-fan 30 ta savol (har biri 3.1 balldan 93 ball);
    2-fan 30 ta savol (har biri 2.1 balldan 63 ball).

    60 ta savol jami 156 ball.

    2023/2024 oʻquv yilida abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta test beriladi. Bunda maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.