Jumladan, Turkmaniston bilan chegaradosh Tuproqqalʼa tumani Sarimoy qishlogʻida “sayyor” davlat xizmatlari va “sayyor qabul” oʻtkazildi. Qabul davomida aholidan Sarimoy massivida Davlat xizmatlari markazining shahobchasini tashkil qilish masalasida koʻplab fikr, mulohazalar bildirilib, boshqarma tomonidan ushbu hududda qurilayotgan mahalla fuqarolar yigʻini binosida filial tashkil qilish yuzasidan vada berilgan edi.

Tuproqqalʼa tumani, Sarimoy qishlogʻi

Aholidan kelib tushayogan murojaatlardan kelib chiqib, ularning ogʻrini yengil, uzogʻini yaqin, ayniqsa, ularni davlat idoralaridan rozi qilish maqsadida, mahalla binosining qurilish ishlari yakuniga yetkazilishini kutib turmasdan, mazkur hududda joylashgan oʻtovda vaqtinchalik filail tashkil qilindi.

Tuproqqalʼa tumani, Sarimoy qishlogʻi

Tarix va zamonaviylikni oʻzida uygʻunlashtirgan oʻtovga simsiz internet tarmogʻi mavjud boʻlib, bugungi kunda bu yerda davlat xizmatlarini koʻrsatish uchun xech qanday toʻsiq yoʻq.

Maqsadimiz aniq, yoʻlimiz toʻgʻri, har qanday sharoitda ham aholiga tezkor, shaffof va sifatli davlat xizmatlarini koʻrsatish.

Tuproqqalʼa tumani, Sarimoy qishlogʻi

Oʻtov - koʻchma uy, turar joy, turkiy xalqlarning asosiy turar joyi hisoblanib, 20-asr boshlarigacha Markaziy va Oʻrta Osiyo koʻchmanchi xalqlarida foydalanishgan. Oʻtov xalqlarning oʻtroqlashishi natijasida oʻz ahamiyatini qisman yoʻqotmoqda.