Yangi Shotlandiya, Alberta va Kvebek viloyatlarida vaziyat juda og'ir. Tabiiy ofat hududidan 30 mingdan ortiq odam xavfsiz joyga ko'chirildi. Ottavani tutun qopladi, yong'in Kanada poytaxtidan atigi 150 kilometr g'arbda yuzaga keldi. Havoning ifloslanishi 5 ball deb baholanmoqda. Ammo tez orada u yetti ballga ko'tarilishi mumkin, deb xabar berdi Milliy ob-havo byurosi.

Fermer xo'jaliklaridagi hayvonlar ham xavfsiz joylarga olib ketilmoqda.

Kanadada yoz issiq bo'lishi kutilmoqda. Yil boshidan buyon mamlakatda ikki mingdan ortiq yong'in qayd etilgan, deyiladi mir24.tv saytida.