Ovqatlanishda isrofgarchilikka yoʻl qoʻyganlarga moliyaviy jarimalar qoʻllanadi

    Ijtimoiy hayot 4 Iyun 2023 2137

    2023-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil boʻlishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida “Oqilona isteʼmol” dasturi ishlab chiqiladi.

    Prezident Qaroriga asosan (31.05.2023-yildagi PQ-171-son) 2023-yil 1-iyulga qadar umumiy ovqatlanish sohasida oziq-ovqat chiqindilari hosil boʻlishini kamaytirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish maqsadida “Oqilona isteʼmol” dasturi ishlab chiqiladi.

    Ushbu dasturda quyidagilar nazarda tutiladi:

    • davlat organlari tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarda oziq-ovqat isteʼmolinining oqilona meʼyorini belgilash, ortiqcha isteʼmolni kamaytirish, shu jumladan bir shaxsga bir martalaik ovqatlanish meʼyorini belgilash;
    • umumiy ovqatlanish sohasidagi tadbirkorlar va isteʼmolchilarning oziq-ovqat mahsulotlariga nisbatan masʼuliyatini oshirish;
    • aholi oʻrtasida toʻgʻri ovqatlanish odatlarini shakllantirish va ortiqcha isrofgarchilikning oldini olish hamda meʼyoridan ortiq isteʼmolni targʻib qilishni cheklash;
    • isrofgarchilikka yoʻl qoʻygan shaxslarga moliyaviy choralar qoʻllash va nazorat mexanizmlarini oʻnatish.