Taqdir oʻyinlari qiziq. AQSHning ikki prezidenti – Avraam Linkoln va Jon Kennedining taqdiri oʻrtasidagi ilohiy bogʻliqlik hamon nafaqat amerikaliklarni, dunyo axlini hayratga solib keladi. Buning sirini aniqlashga urinish hali biror natija bergani yoʻq. Gap shundaki, taqdirlarni roppa-rosa 100-yil ajratib turadi. Biroq bir tomchi suvdek oʻxshash.
Birinchi eng oddiy oʻxshashlik: inglizcha variantda har ikkala prezidentning familiyalari yetti harfdan iborat.
Avraam Linkoln Kongressga 1847-yilda saylangan, Kennedi esa roppa-rosa 100-yildan keyin – 1947-yilda shu lavozimga kelgan.
Linkoln 1860-yilda prezident boʻlgan, Kennedi esa 1960-yilda. Har ikkala prezident ham demokratik qarashlarga amal qilishgan. Ikkovi ham 24 yoshlik ayolga uylangan. Buning ustiga Linkoln rafiqasi ham, Kennedining rafiqasi ham ular Oq uyda yashaganida oʻgʻillaridan judo boʻlishgan.
Avraam Linkolnning shaxsiy kotibasi familiyasi Kennedi boʻlgan. Jon Kennedining shaxsiy kotibasi ismi-sharifi esa Evemin Linkoln boʻlgan. Linkoln kotibasi prezidentni xafvdan ogohlantirib, teatrga bormasligini maslahat bergan. Kennedining kotibasi ham xuddi shunday, bir necha marta oʻz boshligʻini Dallasga safarini bekor qilishga koʻndirishga uringan.
Har ikki prezident ham boshga orqadan tekkan oʻqdan halok boʻlgan. Bu juma kuni, rafiqalari koʻz oʻngida yuz bergan.
Linkolnni Ford teatrida oʻldirishgan. Kennedi esa “Linkoln” avtomobilida borayotganda halok boʻlgan.
Linkolnning qotili uni teatrda otgan, soʻngra gʻalla omboriga yashirinishga uringan. Kennedining qotili esa kitob omboridan oʻq uzgan va kinoteatr binosiga yashirinishga uringan.
Linkoln qotili Jon But 1839-yilda, Kennedining qotili deb gumon qilingan Li Xarvi Osvald - 1939-yilda tugʻilgan. Xar ikkisining ham kelib chiqishi AQSHning janubidan.
But va Osvald jinoyat sodir etgandan soʻng koʻp oʻtmay, ular ustidan sud oʻtkazilguniga qadar otib tashlangan.
Fojiali oʻlimdan keyin Linkoln va Kennedining vitse-prezidentlari almashtiriladi. Taqdirini qarang: ularning ikkisining ham familiyasi Jonson edi.
Yanada hayratlanarlisi, Enduryu Jonson va Lindon Jonson 100-yil farq bilan, biri – 1808-yilda, ikkinchisi - 1908-yilda tugʻilgan. Ikkalasi ham janubdan, demokrat va sobiq gubernator boʻlishgan.
Erinmagan odamni qarang: bu oʻxshashlikni avstraliyalik yozuvchi Ervin Bart fon Verenapa koʻp yillar oʻrgangan va oʻzining “Bunga ishonish qiyin” kitobida batafsil hikoya qilgan.
T.Shomurodov tayyorladi