Poytaxtimizda qator shoir va yozuvchilarning uy muzeylari tashkil etilib, ular ertamiz egalari uchun asl va muhim ma'lumotlarni etkazishga, millat ulug'lari haqida haqiqiy tushunchaga ega bo'lishlariga xizmat qilyapti.
Shunisi quvonarliki, shoir-yozuvchilarimiz uy muzeylari yurtimizga kelayotgan sayyohlarni ham befarq qoldirmayapti.
Oybek uy-muzeyiga ispaniyalik sayyohlar Mariya Roza va Toni Serxiolar tashrif buyurishdi. Muzey eksponatlari ularda katta qiziqish uyg'otdi.
Muzeyga ekskursiyani amalga oshirgach, xorijlik mehmonlar Mariya Roza va Toni Serxio muzeyning tashrif kitobiga undan olgan taassurotlarini qoldirishdi.