Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari - fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi tayinlandi

    Mamlakatimizda 2 Mart 2021 2419

    Prezident farmoyishi bilan Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari - fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi tayinlandi.

    Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 25-fevraldagi farmoyishiga asosan, Xasanov Oybek Aliyevich Fargʻona viloyat sudi raisining oʻrinbosari - fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi tayinlandi.

    Oybek Xasanov 1978-yilda Dangʻara tumanida tugʻilgan, mehnat faoliyatini Qirguli tuman prokuraturasida boshlagan. Turli yillarda Toshloq tumani va Qoʻqon shaharlarida masʼul vazifalarda mehnat qilgan. 2012-2015-yillarda fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyati Yangiqoʻrgʻon tumanlararo sudining raisi, 2015-2018-yillarda Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudining sudyasi, 2018-2020-yillarda esa Fuqarolik ishlari boʻyicha Namangan viloyat sudi raisining oʻrinbosari lavozimlarida faoliyat olib borgan.