Tadqiqotchilar 1972-yilda “Apollon” astronavtlari tomonidan Yerning tabiiy yo'ldoshidan olib kelingan Oy changi namunasidagi sirkon kristallarini tahlil qilishdi. Oy Yerning Mars kattaligidagi jism bilan to'qnashuvi natijasida hosil bo'lgan deb ishoniladi, shuning uchun bu kristallar Oyning erigan yuzasi sovib ketganidan keyin paydo bo'lgan bo'lishi kerak.

Natijalar namunaning yoshi taxminan 4,46 milliard yil ekanligini ko'rsatdi, deb xabar beradi lenta.ru.