Bu hodisa Shimoliy va Markaziy Amerikada, shuningdek, Janubiy Amerikaning g‘arbiy qismida ertalab, Avstraliya va Sharqiy Osiyoda esa kechqurun ko‘rinadi. Tutilishning qisman fazalarini Markaziy Osiyo va Janubiy Amerikaning aksariyat qismida ko‘rish mumkin, bu hodisa esa Yevropa va Afrikada ko‘rinmaydi.
Oyning to‘liq tutilishi Yer Quyosh va to‘lin Oy o‘rtasida joylashganida, Oyga soyasini tushirganda sodir bo‘ladi. Oyning qizil rangi Yer atmosferasida Quyosh nurlarining sinishi tufayli yuzaga keladi.
“Qonli oy”ni ochiq havoda hech qanday vositasiz ko‘rish mumkin. Astronom Bennett Maruka Oyning asta-sekin qorayishini va qizg‘ish rangga aylanishini kuzatish uchun bir necha marta tashqariga chiqishni tavsiya qiladi.
Keyingi qisman Oy tutilishi shu yilning avgust oyida bo‘lib o‘tishi kutilmoqda va uni Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Afrika va G‘arbiy Osiyoda ko‘rish mumkin, deb xabar berdi oz.inform.kz.
Shuni ta’kidlash kerakki, Oyning to‘liq tutilishi taxminan har 18 oyda sodir bo‘ladi. Ekspertlarning fikriga ko‘ra, tutilishdan oldingi va keyingi hafta ancha keskin davr hisoblanadi, bu davrda muhim tadbirlarni rejalashtirmaslik yaxshiroqdir. Shuningdek, yirik bitimlar tuzish tavsiya etilmaydi. Geosiyosiy nuqtayi nazardan, mojarolar va harbiy harakatlar bo‘lishi mumkin.