Xalqimizda ota-onani hurmat qilgan kishining umri uzun boʻladi, deyishadi. Albatta, ota-onaga hurmat koʻrsatish, ularga yaxshi muomalada boʻlish har bir fuqaroning burchidir.
Biroq bunday hurmat ehtiromni joyiga qoʻyishni xohlamagan farzand oʻz otasining qiziga atab bergan uyidan quvib solinadi.
Ijro harakatlari davomida oʻz farzandidan bunday nohaqlikka uchragan insonlarni uchratish oʻta ogʻriqli va ayanchli.
Byuroning Shayxontohur tuman boʻlimi ish yurituvidagi fuqarolik ishlari boʻyicha Shayxontohur tumanlararo sudining ijro varaqasiga asosan, arizachi A.X.ning javobgari uning qizi A.K.ga yashab turgan nizoli Shayxontohur tumani, «Chorsu« mavzesidagi manzilda joylashgan xonadonga kiritish va u yerdagi yordam xoʻjaliklaridan foydalanish huquqi belgilangan.
Mazkur ijro ishi boʻyicha davlat ijrochisi D.Atamirzayeva tomonidan ota oʻz xonadoniga kiritib qoʻyildi va unga foydalanish uchun ajratilgan uydan foydalanish huquqi yuzasidan uning qiziga tushuntirish berildi va ijro ishi tamomlandi.