Ikki mamlakatning davlat bayroqlari bilan bezatilgan maydonda Ozarbayjon Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev oliy martabali mehmonni kutib oldi.
Davlat rahbarlari shohsupaga ko‘tarildilar. O‘zbekiston va Ozarbayjon davlat madhiyalari yangradi.
Mamlakatlarimiz yetakchilari faxriy qorovul safi oldidan o‘tdilar.
Marosimda O‘zbekiston va Ozarbayjon rasmiy delegatsiyalari a’zolari ishtirok etdi.