Mazkur insonparvarlik koʻmagi Oʻzbekistonda 30-iyuldan 30-avgustga qadar eʼlon qilingan «Vatanga qaytarish« aksiyasi doirasida amalga oshirildi.

Oʻzbekiston rasmiy vakillari hamyurtimizning Vatanga qaytishi uchun aviachipta xarid qilib berishdi. Sh.M 26-avgust kuni Boku-Toshkent yoʻnalishi boʻyicha samolyot orqali yurtimizga kuzatib qoʻyildi.

Shu oʻrinda taʼkidlash joizki, Oʻzbekiston elchixonasi Ozarbayjonda boʻlib turgan vatandoshlarimizning huquq va manfaatlarini munosib himoya qilishga alohida eʼtibor qaratmoqda.