Ushbu uchrashuv chog‘ida Kitob tumanida anordan ichimlik mahsulotlarini ishlab chiqarish borasida hamkorlik o‘rnatish bo‘yicha kelishuvga erishilgan edi. Ushbu muzokaralarni davom ettirish maqsadida kecha Naig Mamedgasanov Kitob tumanida bo‘ldi. Xorijiy investor tuman hokimligida iliq kutib olinib, tomonlar mavzu yuzasidan atroflicha fikr almashdi.

Tuman hokimi Alisher Zokirov mehmonlarga hududning iqtisodiy va investitsion salohiyati, betakror iqlimi va go‘zal tabiati haqida maʼlumot berar ekan, ushbu omillarning qishloq xo‘jaligi hamda bog‘dorchilik sohasida muhim ahamiyat kasb etishini alohida urg‘uladi.

Ozarbayjonlik tadbirkor tumandagi qator anorzorlar va boshqa ishlab chiqarish korxonalariga ham tashrif buyurdi.